Biz haqimizda

Yoshlar texnoparkini tashkil etish asoslari hamda uning vazifalari

 

Mazkur yoshlar texnoparki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 maydagi “Respublika hududlarida yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 313-sonli qaroriga binoan tashkil etilmoqda.

 

«Yoshlar texnoparki» yoshlarning intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish, tahliliy fikrlash, ilmiy-tadqiqot va innovasion faoliyatga keng jalb etish, «startap» loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish maqsadida barpo etilmoqda.

 

Yoshlar texnoparki Buxoro viloyatida Yoshlar akademiyasining faoliyatini rivojlantirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari bilan hamkorlikda yoshlarni intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish;

 

yoshlarning «startap» loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali Buxoro viloyatining innovasion salohiyatini oshirish;

 

Buxoro viloyatida  yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiy-tadqiqot va innovasion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish;

 

zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, hududlarni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish;

 

iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malaka oshirishlariga ko‘maklashish;

 

yetakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va master-klasslarni, shuningdek, yoshlarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovasion-korporativ aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida ilmiy-texnik konferensiya, seminar, o‘quv kurslari va treninglar tashkil etish;

 

iqtidorli yoshlar tomonidan taklif etilgan dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni saralash hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish agentligi tomonidan mavzuga oid grantlar berish yuzasidan e’lon qilib boriladigan tanlovlarga yo‘naltirish;

 

ilmiy-texnik, innovasion hamda «startap» loyihalarini amaliyotga joriy etish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining ilmiy xodimlari, professor-o‘qituvchi va talabalarini jalb qilish.Технопарк Texnopark Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi muassisligidagi hamda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.

 

Texnoparkning eksterritorialligi joylashgan hudud doirasida nazarda tutiladi va bunda amalga oshiriladigan loyihalarning ilmiy, texnologik va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hisobga olinib, ularning rezidentlari tegishlicha viloyatda joylashtiriladi;

 

Texnopark rezidenti maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish va keyinchalik ularni ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Texnopark faoliyati 4 bosqichda amalga oshiriladi.

 

Birinchi bosqich iqtidorli yoshlarni aniqlashga qaratilgan. Bunda tanlovlar o‘tkazilib, ularda saralab olingan salohiyatli yoshlar o‘zlarining bilim va ko‘nikmalari, g‘oyalari va loyihalari asosida Yoshlar akademiyasiga a’zolikka qabul qilinadi.

 

Ikkinchi bosqichda, oliy ta’lim muassasalari, Yoshlar akademiyasi a’zolari safidan istiqbolli biznes loyiha va g‘oya egalari texnoparkka jalb qilinadi hamda ularning loyihalari rivojlantiriladi.

 

Uchinchi bosqichda, kichik ishlab chiqarishni tashkil etiladi. Yuqorida aytib o‘tilgan bosqichlarni bosib o‘tgan loyiha egalari Yoshlar texnoparkida kichik ishlab chiqarishni tashkil etadi. Bunda ushbu loyiha egalariga 3 oy muddatga bepul ofis xonalari taqdim etiladi. Keyinchalik 50 foizlik ijara asosida doimiy qolish imkoni taklif qilinadi.

 

To‘rtinchi bosqichda, marketing strategiyasi ishlab chiqiladi, mahalliy va xorijiy investorlar, turli fondlar va biznes angellar mablag‘lari yo‘naltiriladi. Startap loyihalar uchun davlat grantlari ajratish ham ko‘zda tutilgan. Va nihoyat, bozorga moslashgan mahsulot yaratish bosqichiga o‘tiladi. Bunda texnoparkda yaratilgan mahsulotlarning bozorda xaridorgir bo‘lishiga amaliy ko‘maklashiladi.